Xalqaro tajriba orqali sifatli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU) Sifatli ta’limga oid 4-barqaror rivojlanish maqsadini amalga oshirish yo‘lida xalqaro akademik almashinuv va madaniyatlararo o‘rganishni faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu borada Koreyashunoslik fakulteti talabasi Shavkat Abdugʻafforovning yutug‘i e’tiborga loyiqdir. U Koreya Respublikasining nufuzli Hanyang universitetida o‘tkazilgan “HISS-2024 (Hanyang International Summer School)” dasturida to‘liq grant asosida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ushbu bir oylik xalqaro yozgi maktab davomida talaba nafaqat yangi ta’lim uslublari va global yondashuvlar bilan tanishdi, balki o‘zi tahsil olayotgan yo‘nalish – Koreya madaniyati, tarixi, iqtisodiyoti va siyosati borasidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirdi. Bu yutuq TDSHUning Osiyodagi yetakchi universitetlar bilan yo‘lga qo‘ygan hamkorliklari va talabalar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini yaratishdagi sa’y-harakatlarini namoyon etadi.
