Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Sayyor dars: O‘zbek madaniyatini tushunish

2024-yil 2-oktyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Turkshunoslik oliy maktabi dotsenti Sh.B. Sadikova tomonidan o‘zbek tilini o‘rganayotgan xitoylik va yaponiyalik talabalar uchun madaniy-ma’rifiy sayyor dars tashkil etildi.

Sayyor dars doirasida talabalar bilan Ko‘kaldosh madrasasi va Chorsu bozoriga ekskursiya uyushtirildi. Ushbu tashriflar davomida talabalar o‘zbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi, milliy kiyim-kechaklari, zargarlik san’ati, an’anaviy taomlari va turmush tarzi bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur tashabbus xorijlik talabalarning o‘zbek tilini nafaqat nazariy, balki amaliy asosda chuqur o‘zlashtirishiga, madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga va global fuqarolik madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi. Shuningdek, bu kabi darslar talabalarning madaniy sezgirligi va tanqidiy fikrlash salohiyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

02.07.2025, 15:32 298