Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

GKS granti – yoshlar uchun yangi imkoniyatlar

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU) Koreyashunoslik fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari Abbasova D.K. va Yunusova G.D. tomonidan Koreya Respublikasi ta’limiga doir Grantlarga bag‘ishlangan «GKS grantiga doir hujjatlar bilan ishlash» to‘garagi tashkil etildi.

Ushbu to‘garakning maqsadi talabalarni GKS grantiga tayyorlash, grant arizalarini to‘ldirishda yordam berish, tarjimai hol yozish qoidalari va o‘qish rejasini (study plan) tuzish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish edi. To‘garak davomida talabalar grant hujjatlari bilan tanishib, o‘z bilimlarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Natijada, to‘garakni muvaffaqiyatli yakunlagan 12 nafar talaba GKS magistratura grantini qo‘lga kiritdi. Ushbu tashabbus ta’limga teng imkoniyatlar yaratish, yoshlar uchun yuqori malakali ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, hamda talabalarning bilim olishlarini qo‘llab-quvvatladi.

To‘garak orqali yoshlar nafaqat grant olish yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgandilar, balki o‘zlarining kelajakdagi professional va akademik faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan muhim ko‘nikmalarni rivojlantirdilar.

26.06.2025, 10:40 505