Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Ta’lim boshqaruvi va tinchlikni mustahkamlash bo‘yicha global muloqot

TDSHU o‘qituvchisi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati va Italiyaning Sapienza universiteti magistratura bosqichi bitiruvchisi Ibrohimjon Jo‘raboyev Xitoyning Jiangsi provinsiyasida bo‘lib o‘tgan ta’lim boshqaruviga bag‘ishlangan xalqaro seminarda ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

Xalqaro seminar 2025-yil 9–10-may kunlari Jiangsi fan va texnologiya pedagogik universitetining Jiangsi chet tillar kolleji mezbonligida bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida Jo‘raboyev Ibrohimjon O‘zbekistonda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi. U o‘z nutqida oshkoralik, inklyuzivlik va institutsional halollikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarni sanab o‘tdi. Bu omillar Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanishning 16-maqsadi – tinchlik, adolat va samarali institutlarni targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

26.06.2025, 10:12 394