Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Global muammolar talabalar muhokamasida

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti G‘arb tillari kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi Kuryozova Gulshan tomonidan Filologiya fakulteti Xitoy filologiyasi yo‘nalishi 3-bosqich talabalari ishtirokida Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030 yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida BRM-7 – “Arzon va toza energiya” mavzusiga bag‘ishlangan ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Dars davomida talabalar global energiya resurslari, ularning barqarorligi, ekologik xavfsizlik va energiya samaradorligi kabi dolzarb masalalar yuzasidan bilim va tasavvurlarini kengaytirdilar. Shuningdek, interaktiv metodlar orqali talabalarning ingliz tilidagi amaliy ko‘nikmalari mustahkamlandi.

Shu kuni G‘arb tillari kafedrasining yana bir faol o‘qituvchisi Toshova Xurshida ham “Arab filologiyasi va manbashunoslik” fakultetining 3-bosqich talabalari bilan BRM-6 – “Toza suv va sanitariya” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Ushbu mashg‘ulot davomida talabalar ichimlik suvi xavfsizligi, sanitariya-gigiyena muammolari, ularning jahon miqyosidagi ahamiyati va O‘zbekiston tajribasi bilan tanishdilar. Dars zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilib, talabalar mavzu yuzasidan mustaqil fikr yuritish va ingliz tilida o‘z nuqtai nazarini ifodalash bo‘yicha amaliy mashqlar bajardilar.

Mazkur ochiq darslar talabalarning ingliz tilidagi kasbiy va ijtimoiy kompetensiyalarini shakllantirish bilan birga, ularni global muammolar yechimiga befarq bo‘lmagan, faol va mas’uliyatli fuqarolar sifatida tarbiyalashga xizmat qildi.

26.06.2025, 09:54 328