Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

JANUBIY OSIYO TILLARI VA ADABIYOTI OLIY MAKTABI

Рисунок1 Xodjayeva Nilufar Bekmuratovna
Ilmiy darajasi va unvoni: PhD, dotsent
Lavozimi: Oliy maktab boshlig‘i
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +998 94 644 27 99
E-mail: nilufar_xodjayeva@tsuos.uz

JANUBIY OSIYO TILLARI VA ADABIYOTI OLIY MAKTABI

Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabida 2024-2025 o‘quv yilida 21 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ulardan 2 nafari fan doktori (1 nafari professor, 1 nafari dotsent), 2 ta fan nomzodi (1 nafari professor, 1 nafari dotsent), 6 nafari PhD (1 nafari dotsent, 5 nafari katta o‘qituvchi), 5 nafar katta o‘qituvchi, 4 nafar o‘qituvchi, 2 nafar stajer-o‘qituvchilardir. Oliy maktabning ilmiy salohiyati 50% ni tashkil etadi. Oliy maktabda 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari bo‘yicha) va 70230101– Lingvistika (sharq tillari bo‘yicha), 70230104 –Adabiyotshunoslik (sharq tillari va tadqiqot yo‘nalishlari  bo‘yicha) 70230102– Mumtoz filologiya (sharq tillari bo‘yicha) mutaxassisliklari mavjud. Oliy maktabda hind, urdu, indonez, malay, vyetnam  tillari o‘qitiladi. Oliy maktab talabalari qator xalqaro va nomdor davlat stipendiyalari sovrindoridir. Jumladan, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti va Navoiy davlat stipendiyalarni qo‘lga kiritgan. Shu bilan birga bakalavr, magistratura hamda til kurslarini o‘qish uchun, Hindiston va  Indoneziya ta’lim grantlarini qo‘lga kiritib, bilim olishni xorijda davom ettirmoqda. Shuningdek, talabalar, magistrantlar va tadqiqotchilar xorijiy mamlakatlarda uzoq va qisqa muddatli stajirovkalar o‘tab kelishmoqda.

JSHOT_UZB_ (1) JSHOT_UZB_ (2) JSHOT_UZB_ (3) JSHOT_UZB_ (4)

Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti  oliy maktabi tadqiqotchilarining ilmiy ishlari

Tadqiqotchining F.I.Sh Tadqiqot ish mavzusi Ilmiy rahbar F.I.Sh
1

Tilovmurodova Shamsiqamar Furqat qizi

Nirmal Varma ijodiy izlanishlarida yangi g‘oyaviy-estetik tamoyillar

Dotsent, f.f.n.

T.A. Xodjayeva

2 Nurmatova Zubayda Dilshod qizi Hindiy tilidagi omonimiya hodisasiga xos leksik birliklar tadqiqi(ot va sifat so‘z turkumiga oid leksik birliklar misolida)

Dotsent, f.f.n. S.S.Nurmatov

Oliy maktabning hamkor tashkilotlari

    • B.Shastri nomli hind madaniyati markazi
    • B.Shastri nomli hind tiliga ixtisoslashgan 24-o‘rta maktab
    • UzR FA qoshidagi sharqshunoslar instituti
    • Pokistonning O‘zbekistondagi elchixonasi
    • Panjob universiteti (Pokiston)
    • Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchixonasi
    • Ziyarah travel
    • Toshkent davlat jahon tillari universiteti
    • Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
    • O‘zbekiston Hindiston turizm asotsatsiyasi

 

Oliy maktabning faoliyati boyicha foto lavhalar

NVS_0967

28.10.2024, 17:27 425