Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

XITOYSHUNOSLIK OLIY MAKTABI

Xasanova F Xasanova Feruza Mirzabekovna
Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, dotsent
Lavozimi: Oliy maktab boshlig‘i
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99890 904-29-88
E-mail: khasanovaferuza@inbox.ru

XITOYSHUNOSLIK OLIY MAKTABI

Xitoyshunoslik oliy maktabi Turkiston Sharqshunoslik universiteti (1918-yil)ning avlodi hisoblanadi. Bu davrda XX – asrning unutilmas siymolari orasida shu dargohga asos solgan ustozlarimiz I.A.Kissen va U.M.Mamatoxunovalar xissalari nafaqat xitoyshunoslik, balki jahon tilshunosligi va adabiyotshunosligi rivojlanishida salmoqli iz qoldirganini alohida tilga olish darkor. Keyinchalik, Xitoyshunoslik oliy maktabining yuksalishida katta o‘qituvchilar O.A.Vagin, N.Xoxlov, I.Ro‘zboqiev, M.I.Muldakulova, G.I.Larionov, N.O.Levushkina, M.I.Molojatovalar o‘zlarining munosib hissasini qo‘shdilar. Sharq tillari fakultetining ilk tashkil etilgan damlarida B.A.Pestovskiy tomonidan xitoy tili va adabiyoti fanlaridan ma’ruzalar o‘qilar edi. 1924-yili Turkiston sharqshunoslik universiteti TDUga (hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitet) sharqshunoslik fakulteti sifatida qo‘shiladi. Bu davrga kelib xitoy tili o‘qituvchilari safiga ushbu til bo‘yicha 304 betlik “Zamonaviy xitoy tili grammatikasi” kitobini yaratgan yirik tilshunos professor Ye.D.Polivanov qo‘shiladi. 1930-yili sentyabr oyiga kelib Milliy universitetning sharq fakulteti o‘z faoliyatini to‘xtatadi. 1944-yilda esa qayta tiklaydi. 1951-yili bu fakultetda katta o‘qituvchi M.I.Molojatovaning yetakchiligida fakultet kafedralarining biri bo‘lgan uyg‘ur filologiyasi kafedrasining qoshida talabalarga xitoy tilini o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.

1957-yili uyg‘ur filologiyasi o‘rniga O‘zbekiston maorif tarixida birinchi marotaba xitoy filologiyasi kafedrasi tashkil etildi. O‘sha davrda O‘zbekistonda tashkil etilgan kafedra nafaqat mamalakatimizda, balki, butun O‘rta Osiyoda xitoyshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha Sobiq Ittifoqda xitoyshunos mutaxassislarni tayyorlab beruvchi yagona markaz edi. Kafedraning bosib o‘tgan ilmiy yo‘llarini sarhisob qiladigan bo‘lsak, kafedra 1980-yilga kelib, nafaqat Markaziy Osiyo (Qozog‘iston, Qirg‘iziston respublikalari), balki Bolgariya, Mo‘g‘uliston, Polsha hamda Laos kabi mamlakatlarga xitoyshunos olimlarni yetkazib bera boshladi. Demak, bu o‘tgan asrning 70-80 yillariga kelib xitoy filologiyasi kafedrasi xalqaro kafedra sifatida faoliyat olib borganligidan dalolat beradi.

2014-yil 2-sentabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining PQ-2228-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga binoan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tarkibida Xitoyshunoslik fakulteti ochildi. Xitoy filologiyasi shu fakultet tarkibiga kiritilidi va “Xitoy filologiyasi” kafedrasi nomi bilan faoliyat ko‘rsata boshladi.

2024-yil sentabr oyidan boshlab “Xitoy filologiyasi” kafedrasi “Xitoyshunoslik oliy maktabi” nomi bilan faoliyat yurita boshladi. Hozirgi kunda oliy maktabda 21 ta professor-o‘qituvchilar pedagogik va ilmiy faoliyatini olib bormoqda.

Xitoyshunoslik_oliy_maktabi_uzb (1) Xitoyshunoslik_oliy_maktabi_uzb (2) Xitoyshunoslik_oliy_maktabi_uzb (3) Xitoyshunoslik_oliy_maktabi_uzb (4)

Oliy maktabning ilmiy loyhasi

  • Hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish (BMI, MD, PhD mavzulari bo‘yicha tadqiqotlar olib borish)
  • Ilmiy-tadqiqot loyihalari tayyorlash
  • Tahliliy materiallar tayyorlash

Oliy maktabning tashkilotlari

  • Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi Adabiyot muzeyi
  • O‘zFA Abu Rayxon Beruniy nomidagi sharq qo‘lyozmalar markazi
  • ToshDShU huzuridagi Konfutsiy instituti
  • China Sil-Road Edu&Tec Co., Ltd
  • Chirchiq shahridagi xitoy tiliga ixtisoslashtirilgan 18-sonli o‘rta maktab
  • Gansu siyosatshunoslik va huquq universiteti
  • Hunan pedagogika universiteti
  • Jining Politexnika institute
  • Lanchjou universiteti
  • Lanchjou universiteti Siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar instituti
  • Lanchjou universiteti Tarix va madaniyat instituti
  • Lyaonin pedagogika universiteti
  • Markaziy millatlar universiteti (Minzu universiteti)
  • Pekin til va madaniyat universiteti
  • Shaanxi pedagogika universiteti
  • Shanxay chet tillari universiteti
  • Shanxay universiteti Iqtisodiyot maktabi
  • Shanxay universiteti Liberal san’at maktabi
  • Shanxay universiteti qoshidagi Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi instituti
  • Shimoli-G‘arbiy Minzu (Northwest University) universiteti
  • Shimoliy-G‘arbiy Minzu universiteti
  • Sian xalqaro tadqiqotlar universiteti
  • ToshDShU qoshidagi Yunusobod tuman 325-sonli akademik litseyi
  • Toshkent shahridagi xitoy tiliga ixtisoslashtirilgan 59-sonli o‘rta maktab
  • Tyanjin xalqaro aloqalar politexnika instituti
  • Xitoy ta’lim vazirligining xitoy-xorijiy tillar almashinuvi va hamkorlik markazi
  • Xitoyning Gansyu provinsiyasidagi YUNESKO Assotsiatsiyasi
  • Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Ibrat farzandlari” loyihasi

Oliy maktabning faoliyati boyicha fotolavhalar 

02.11.2024, 16:29 540