Xalqaro turizm kunida intellektual o‘yinlar
Xalqaro turizm kuni munosabati bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti, Turizm kafedrasi hamda Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Tadbirni Turizm kafedrasi mudiri, dotsent Ch.Xusanov ochib berib, turizmning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni va sohada olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. Institut direktori D.Salayev esa ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, ularga omad tiladi.
Ushbu musobaqada 30 dan ortiq jamoalar safida 200 ga yaqin talaba ishtirok etdi. Loyihaning asosiy maqsadi talabalarning turizm, iqtisod va xalqaro aloqalar bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, tanqidiy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir yakunida g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
