Xalqaro hamkorlik va ayollarning yetakchiligi
2024-yil 20–22-sentyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Dunxuan shahrida 7-Xalqaro Ipak yo‘li madaniy ekspo bo‘lib o‘tdi.
Ekspo doirasida Lanchjou universiteti tomonidan tashkil etilgan “Makon va yo‘l” Xitoyning Janubiy va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik va rivojlanish forumida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Xitoyshunoslik oliy maktabi” dotsenti, Lanchjou universiteti madaniy almashinuv markazi direktori Sultanova Lola va “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti, Gender tadqiqotlari markazi direktori Niyazova Nargiza o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Ushbu forum nafaqat Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda, balki ayollarning yetakchilik va ilmiy sohada faol ishtirokini ko‘rsatib, gender tenglikni targ‘ib qilmoqda. Dotsent Niyazova Nargizaning Gender tadqiqotlari markazi direktori sifatidagi ishtiroki gender masalalariga e’tiborni oshirish va ayollarning ilmiy hamjamiyatdagi o‘rni va imkoniyatlarini kengaytirishga hissa qo‘shadi.
Bunday tadbirlar xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, madaniyatlararo muloqotni kuchaytirish va barqaror rivojlanish yo‘lida ayollarning yetakchilik rolini ta’minlashda muhim ahamiyatga kasb etmoqda.
