Barqaror taraqqiyot yo‘lida xalqaro hamkorlik
2024-yilning 22–23-oktabr kunlari Britaniya Kengashi va Buyuk Britaniyaning “Advance HE” tashkiloti ekspertlari ishtirokida “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruvi milliy kodeksi”ni joriy qilish doirasida 14 ta OTM vakillaridan iborat ishchi guruh a’zolari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Mazkur treningda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalar amaliyoti va karyera markazi boshlig‘i Sirojiddin Maxatov hamda PhD Ma’muraxon Asrorxo‘jayevalar faol ishtirok etdilar. 23-oktabr kuni esa TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva loyiha a’zolari uchun tashkil qilingan Britaniya Kengashi va Buyuk Britaniyaning “Advance HE” tashkilotining seminarida ishtirok etdi.
Ushbu tashabbus O‘zbekistondagi oliy ta’lim tizimining xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirilishi, boshqaruvda ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, hamda ta’lim sohasidagi barqaror global hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa BRM 17 – Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik – tamoyiliga to‘liq mos keladi.
