Turizmni rivojlantirish yo‘lida xalqaro hamkorlik
2024-yil 13-may sanasida TDSHU vakillari hamda Rissho universiteti olimlari o‘rtasida turizm masalasida hamkorlikda tadqiqotlar olib borish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy tadqiqot markazi direktori Nodir Karimov O‘zbekistonga keladigan yaponiyalik turistlar sonini oshirish, ularga qulayroq imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qiladigan «Japanese-friendly» nomli loyihaning taqdimotini amalga oshirdi.
Sharq mamlakatlari taraqqiyotini o‘rganish ilmiy-tahlil markazi direktori Qahramon Xaqberdiyev «Ziyorat turizmini rivojlantirish imkoniyatlari» bo‘yicha hamkorlikda tadqiqot olib borish bo‘yicha takliflarini o‘rtaga tashladi.
2024-yildan boshlab yuqoridagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Natijada Rissho universitetining 3 nafar professorlari va 7 nafar talabalari Surxondaryo viloyatining Boysun tumaniga borishi hamda TDSHU bilan hamkorlikda tumanning turistik imkoniyatlari bo‘yicha tadqiqotlarni boshlashi reja qilindi. https://www.ris.ac.jp/branding/news/q7gkf600000000by.html
