Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Xalqaro til va madaniyat muloqoti

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Turizm (xalqaro turizm) yo‘nalishi hind-ingliz guruhi 2-kurs talabasi Keldiyorov Dilxushbek 2024-yil 27-sentabrdan 10-oktabrgacha Hindistonning Panjob shtati, Amritsar shahridagi Hindu kolleji hindiy tili kafedrasi tomonidan ikki hafta davomida o‘tkazilgan “Hindiy tili haftaligi” doirasidagi “Hindiy tilida aforizmlar yozish tanlovi”da ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu nufuzli xalqaro tanlovda ishtirok etish orqali talabamiz nafaqat o‘zining til bilimlari va ijodiy salohiyatini namoyon etdi, balki o‘zaro madaniy tushunish, akademik almashinuv va xalqaro ta’lim hamkorligining yorqin namunasiga aylandi.

Bu kabi tashabbuslar BRM 4 – Sifatli ta’limni ta’minlash orqali yosh avlodga sifatli, inklyuziv va teng imkoniyatli ta’lim berishga xizmat qiladi.

02.07.2025, 15:35 306