Yaponshunos talabalar xalqaro forumi
2022-yilning 3-mart kuni TDSHU va yaponiyalik talabalar ishtirokida Talabalar forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu forumning mavzusi sifatida “BMTning 2030-yilgacha belgilagan Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM)ga erishishda O‘zbekiston va Yaponiya yoshlarining roli” deb nom berilib, Tsukuba universiteti, Aichi universiteti, Tohoku universiteti, Tokyo chet tillar universiteti, Kansai universiteti va Kanazava universitetlari talaba va doktorantlari “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari”da belgilangan butun dunyo aholisi duch kelayotgan asosiy 17 yo‘nalishga doir ma’ruzalari hamda o‘z ilmiy izlanishlari bo‘yicha ma’ruzalari bilan qatnashishdi. Bundan tashqari, Yaponiyaning hamkor universitetlaridan talabalar tinglovchilar sifatida ishtirok etdi.