Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Arzon va toza energiya” mavzusida xalqaro davra suhbati

2024-yil 24-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xitoyshunoslik oliy maktabida “Arzon va toza energiya ishlab chiqarish – zamon talabi” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xitoyning Shimoliy elektr energetika universiteti professori, xalqaro ekspert Luo Xiaoping ishtirok etdi.

Uchrashuvda qayta tiklanadigan energiya manbalari, jumladan quyosh, shamol va gidroenergiya orqali barqaror rivojlanishga erishish imkoniyatlari muhokama qilindi. Professor Luo Xitoy tajribasi asosida ekologik toza energiyaning ahamiyati, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va sog‘lom muhit yaratish borasidagi natijalar bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir BMTning 7-Barqaror Rivojlanish Maqsadi – “Arzon va toza energiya”ga muvofiq ravishda tashkil etilib, talabalar va professor-o‘qituvchilar orasida ushbu sohada bilim va ongni oshirishga xizmat qildi.

31.07.2025, 16:25 291