Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda mahalliy fermerlar va oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari uchun bilim almashish platformasi

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida doimiy ravishda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etiladi. Unda 50 dan ziyod nufuzli tashkilot, vazirliklar va 50 dan ortiq xususiy, qo‘shma korxonalar o‘zlarida mavjud ish o‘rinlari bilan ishtirok etadilar. https://tsuos.uz/en/tdshuda-karyera-kuni-mehnat-yarmarkasi-bolib-otdi/

Universitetda muntazam ravishda o‘tkazilayotgan ish o‘rinlari yarmarkalari va netvorking uchrashuvlari nafaqat talabalarning bandlik imkoniyatlarini kengaytirishga, balki ish beruvchilar, mahalliy fermerlar hamda oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarning o‘zaro tajriba almashishiga xizmat qilmoqda.

Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi — ta’lim muassasasi, ish beruvchilar va ishlab chiqaruvchi soha vakillari o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, hamda ularni barqaror rivojlanish tamoyillari asosida birlashtirishdan iborat.

Tadbirlar doirasida fermerlar, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari, soha mutaxassislari va yosh tadqiqotchilar o‘zaro muloqot olib borib, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, ekologik toza mahsulot yetishtirish usullari hamda oziq-ovqat xavfsizligi masalalarida bilim va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bunday uchrashuvlar orqali TDSHU mahalliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga, yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishiga va innovatsion yondashuvlarning amaliyotga joriy etilishiga hissa qo‘shmoqda. Shu bilan birga, tadbirlar talabalar, ishlab chiqaruvchilar va hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirib, bilim va tajriba almashinuvi uchun samarali platforma yaratadi.

18.10.2025, 16:04 134