Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda tajribali diplomat bilan uchrashuv

2024-yil 23-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari, “Yosh sharqshunos diplomatlar” hamda “Sharqshunos tahlilchilar” klubi a’zolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining yuqori martabali xodimi, tajribali diplomat Nurimbetov Rahmatilla bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv doirasida O‘zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati, mintaqaviy va global miqyosdagi ustuvor yo‘nalishlari, diplomatik aloqalarni mustahkamlash rejalari va istiqbollari muhokama qilindi. Talabalar xalqaro munosabatlar, diplomatiya va davlatlararo hamkorlik kabi muhim mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.

Ushbu tadbir yoshlarda siyosiy institutsional tizimlar faoliyati, tashqi siyosatning ochiqligi va javobgarligi haqida tushunchalarni kengaytirishga hamda ularni siyosiy  faol bo’lishga undaydi. Bu kabi tashabbuslar jamiyatda samarali, inklyuziv va hisobdor institutlarni shakllantirish hamda tinchlikparvarlik va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim o‘rin tutadi.

02.07.2025, 12:25 273