Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Talabalar bandligi yuzasidan rektor bilan uchrashuv

2022-yil 15-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G.Sh.Rixsiyeva, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar  boʻyicha prorektor Q.Sh.Omonov , Rektor maslahatchisi A.K.Shukurov va Koreyashunoslik fakulteti dekani Sh.R.Usmanova Koreyashunolik fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Muloqotdan asosiy koʻzlangan maqsad Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Oliy taʼlim muassasalari talabalari bandligini taʼminlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari” yuzasidan oʻtkazgan videoselektor yigʻilishidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻldi. Muloqotda talabalarning bandligini taʼminlash, talabalarni vakant joylarga joylashtirish, hamkor tashkilotlar bilan pul toʻlanadigan amaliyotlarga talabalarni jalb etish boʻyicha fikr almashinildi.

TDSHU rektrori G.Sh.Rixsiyeva talabalarga unversitetdagi hozirgi kunda vakant ish o‘rinlari “Rektor yordamchisi” , “Kabinet mudiri” kabi lavozimlarda ish olib borishi mumkinligi haqida batafsil ma’lumot berdi. Bundan tashqari unversitetning hamkor tashkilotlariga talabalarni stajirovkaga yuborish bo‘yicha unversitet rahbariyatiga tegishli ko‘rsatmalar berilganini va bu borada hamkor tashkilotlar bilan O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.A.Vaxidov muzokaralar olib borayotganini ta’kidladi.

Yoshlar masalalari bo‘yicha prorektor Q.Sh.Omonov unversitetga biriktirilgan mahallarda talabalar til kurslarini va sport to‘garaklarini boshlash uchun to‘liq ko‘rsatmalar berdi va unversitet rahbariyati tomonidan amaliy yordam berilishini ta’kidladi.

Fakultet dekani Sh.R.Usmanova fakultetning xalqaro hamkorlari bilan talabalarni xorijiy hamkor tashkilotlarga stajirovkaga yuborish masalasi ko‘rib chiqilayotganligi ammo pandemiya davrida bir qancha muammolar yuzaga kelayotganini va bu muammolar tez orada yechim topishini talabalarga yetkazdi.

Muloqot davomida 1- kurs o‘zbek guruhi Xorijiy mamlakat iqtisodiyoti ta’lim yo‘nalishi talabasi Ergashev Abdurahmon, 2-kurs o‘zbek guruhi Xorijiy mamlakat iqtisodiyoti ta’lim yo‘nalishi talabasi Abdurahmanov Bekzod, 2-kurs Filologiya va tillarni o‘qitish ta’lim yo‘nalishi talabasi To‘raqulova Iroda,  3-kurs Filologiya va tillarini o‘qitish ta’lim yo‘nalishi talabasi Mirjamilova Sevinch mavzuga doir takliflarni berdilar. Bundan tashqari bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot yuzasidan 3-kurs filologiya yo‘nalishi rus guruhi talabasi Aydarani Lazizabonu o‘z fikrini bildigan holda minnatdorchilik izhor etdi.

photo_2023-08-21_23-10-00

21.08.2023, 23:11 852