Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Hamkorlikda maqsadlarga erishish doirasidagi uchrashuv

2024-yil 22-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti qoshida faoliyat yuritayotgan Barqaror rivojlanish maqsadlari markazi hamda Webster universitetida tashkil etilgan BRM klubi direktori o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar barqaror rivojlanishga erishish yo‘lida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, istiqboldagi rejalarni birgalikda belgilash hamda BMT va unga aloqador tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Mazkur uchrashuv global hamkorlikni rivojlantirish orqali barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishga hissa qo‘shish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

02.07.2025, 16:49 249