Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Hindiston elchisi bilan uchrashdi

2024-yil 1-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov va TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva Hindistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant xonim bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazdi. Vazir Hindiston bilan oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarimiz uzoq yillik doʻstlik va keng madaniy aloqalar tamoyillari asosida shakllanganini taʼkidladi.

Xususan, hamkorlikdagi eng muhim yoʻnalishlardan biri doimo hind, bengal va urdu tillarini oʻrganish, Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi, madaniyati va adabiyoti boʻyicha tadqiqotlar, tibbiyot va axborot texnologiyalari hamda taʼlim ekanligiga alohida urgʻu berildi.

02.07.2025, 11:18 275