Ta’lim sifati masalalariga bag‘ishlangan ochiq dars
TDSHU G‘arb tillari kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi Ibragimov Akbar tomonidan Koreyashunoslik fakulteti 1-kurs “koreys–ingliz” guruhi talabalari bilan BMTning 17 ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlari doirasidagi “BRM 4 – Ta’lim sifati” mavzusiga bag‘ishlangan ochiq dars o‘tkazildi.
Dars jarayonida talabalar global miqyosda ta’lim sifatini oshirish, teng imkoniyatlar yaratish, barcha uchun inklyuziv va adolatli ta’lim muhitini shakllantirish kabi masalalarni muhokama qildilar. Interaktiv usullarda tashkil etilgan darsda talabalar BRM 4ning ahamiyati, uning mahalliy va xalqaro darajadagi o‘rni hamda O‘zbekiston ta’lim tizimidagi islohotlar bilan bog‘liq jihatlarini tahlil qildilar.
Shu bilan birga, talabalar guruhlarga bo‘lingan holda ta’limda innovatsion yondashuvlar, raqamli ta’lim imkoniyatlari va ta’limda tenglik masalalari yuzasidan taqdimotlar tayyorlab, o‘z qarash va yechimlarini namoyon etdilar.
Ochiq dars talabalar nafaqat til ko‘nikmalarini, balki tahliliy fikrlash, jamoaviy ishlash va barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.