Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

BRM-5 mavzusida ochiq dars

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti G‘arb tillari kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi Tajiboyeva Barno tomonidan Sharq tillari filologiyasi fakultetining 1-bosqich talabalari ishtirokida Barqaror Rivojlanish Maqsadlari doirasida “BRM-5: Gender tengligi” mavzusiga bag‘ishlangan ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur dars mashg‘uloti davomida talabalar gender tengligi, ayollar va qizlarning huquqlarini himoya qilish, hamda jamiyatdagi teng imkoniyatlar yaratish masalalari yuzasidan ingliz tilida interaktiv tarzda fikr almashdilar. Darsda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalangan holda, talabalar mavzuga oid videoroliklar, statistik ma’lumotlar va real hayotiy misollar asosida chuqur tahlil olib bordilar.

Talabalar ingliz tilidagi nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan birga, gender tengligi masalasining global va lokal kontekstda qanday namoyon bo‘lishini ham anglab yetdilar. Ochiq dars yakunida esa talabalar o‘z taklif va qarashlarini taqdim etish orqali mavzuga nisbatan faol va mas’uliyatli yondashuvlarini namoyish etdilar.

Ushbu dars mashg‘uloti yosh avlodda ijtimoiy ong va mas’uliyatni shakllantirish, shuningdek, ularni tenglik va inson huquqlari tamoyillariga sodiq, ilg‘or fikrli mutaxassislar sifatida tarbiyalash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qildi.

26.06.2025, 09:46 326