Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

BRM 4 bo’yicha ochiq dars

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti G‘arb tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi Maksudova Dilshoda tomonidan 2024-yilning 17-dekabr kuni BRM Maqsad 4: “Sifatli ta’lim” (O‘zbekiston ta’lim tizimi) mavzusida xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 1-kurs pashtu-ingliz rus guruhida ochiq dars o‘tkazildi.

Dars avvalida talabalar dunyoda sodir bo‘lgan voqea va hodisalarni gapirib berishi bilan boshlandi.  Keyingi bosqichda talabalarga mavzu bo‘yicha “pre-reading” savollar berildi. Dars jarayonida mavzuga oid yangi so‘zlar, turli interfaol metodlardan foydalanildi. Dars mobaynida talabalar o‘zlari tayyorlagan loyiha ishlarini shu jumladan, Abdurahimov Laziz “O‘zbekiston ta’lim tizimi: afzalliklari, reformalar va innovatsiya”, Eraliyeva Mohinur “Chet elda ta’lim tizimi va  ta’lim olish”, Nigmatjonova Shirin “Samarali va sifatli ta’lim” haqida taqdimot qildilar.

31.07.2025, 16:11 262