Sharqshunos yoshlarning ko‘klam festivali
2024-yil 21-may kuni «Sharqshunos yoshlarning ko’klam festivali» doirasida «Qadriyatlar kuni» loyihasi bo’lib o’tdi.
Fakultet talabalaridan tashkil topgan jamoalar ikki bosqichda o’zaro bellashdi.
Birinchi bosqichda sharq mamlakatlarining o’ziga xos milliy taomlari hakamlar uchun manzur tutilgan bo’lsa, ikkinchi bosqichda esa jamoalar sahna ko’rinishi orqali ushbu davlatning madaniyatini, urf-odatlarini va qadriyatlarini ifodalab berdilar.
Loyiha so’ngida umumiy ballar hisobiga ko’ra quyidagi natijalar qayd etildi:
- Koreyashunoslik fakultetining «Koreyashunoslar» jamoasi hamda Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakultetining «Eron» jamoasi;
- Xitoyshunoslik fakultetining «Xitoy» jamoasi
G’olib bo’lgan jamoalar festival yakunida universitet rahbariyati tomonidan belgilangan miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
