“SDG4 – Quality Education” mavzusida amaliy mashg‘ulot
2024-yil 17-dekabr kuni o‘qituvchi Maksudova Dilshoda rahbarligida 1-kurs xalqaro munosabatlar yo‘nalishi Pushtu-Ingliz guruhi bilan “SDG4 – Quality Education (Education in Uzbekistan)” mavzusida amaliy mashg‘ulot muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Loyiha uch hafta davom etdi va talabalar ta’lim sifatining global muammolari, ularning ijtimoiy hamda iqtisodiy oqibatlari haqida chuqur bilimga ega bo‘ldi. Talabalar interaktiv slaydlar, maqolalar, video materiallar va posterlar yordamida o‘z tadqiqotlarini ingliz tilida taqdim etdi. Mashg‘ulot davomida barcha talabalar faol ishtirok etdi va 100% davomati ta’minlandi.
Loyiha doirasida Abdurahimov Laziz “O‘zbekiston ta’lim tizimi: afzalliklari, reformalar va innovatsiyalar”, Eraliyeva Mohinur “Chet elda ta’lim tizimi va ta’lim olish”, Nigmatjonova Shirin esa “Samarali va sifatli ta’lim” mavzularida taqdimotlar berdi. Ushbu amaliy mashg‘ulot BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG4) doirasida yuqori tashkiliy darajada tashkil etildi va belgilangan maqsadlarga to‘liq erishildi.
