“Sog‘lom turmush tamoyillari” mavzusida amaliy to‘garak
2024-yil dekabr oyida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi huzurida tashkil etilgan “Oriental” psixologik markazida 3-bosqich filologiya yo‘nalishi talaba qizlari uchun “Sog‘lom turmush tamoyillari” mavzusida amaliy to‘garak tashkil etildi. Ushbu tadbir BMTning “Barqaror rivojlanish maqsadlari 3: “Sog‘liqni saqlash va farovonlik”ga hissa qo‘shish maqsadida o‘tkazildi.
To‘garak doirasida talabalarning psixologik, reproduktiv va jismoniy salomatlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, interfaol treninglar va bahs-munozaralar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar kafedra katta o‘qituvchisi Xaydarova R., psixologiya fanlari bo‘yicha PhD, katta o‘qituvchi Botirova D. hamda katta o‘qituvchi Sharafova Sh.larning bevosita ishtirokida olib borildi. Tadbir davomida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, ruhiy barqarorlik, salomatlik madaniyati va stressni boshqarish mavzularida chuqur bilimlarga ega bo‘ldilar.
