Saylovoldi bahs va munozaralar TDSHU professori nigohida
2024-yil 4-oktabr kuni partiyalarning saylov targ‘iboti bo‘yicha navbatdagi debat bo‘lib o‘tdi. Tadbirda turli partiyalar vakillari jamiyatning dolzarb muammolari yuzasidan o‘z nuqtai nazarlarini bildirdi, saylovchilar savollariga javob berdilar va bir-birlarining pozitsiyalariga munosabat bildirdilar.
Debat jarayonida ko‘tarilgan masalalar, berilgan savollarga javoblar hamda partiyalararo yondashuvlar yuzasidan siyosiy fanlar doktori, TDSHU professori Sayfiddin Jo‘rayev tomonidan atroflicha tahlil va fikrlar bildirildi.
“Ushbu debatlar nafaqat saylov jarayonining shaffof va ochiq o‘tishiga xizmat qilmoqda, balki aholining siyosiy ongi va faolligini oshirish, fuqarolik ishtiroki va mas’uliyatini kuchaytirish, siyosiy institutlar va demokratik jarayonlarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda” deydi TDSHU eksperti.
