Prezident e’tirofi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Rixsiyeva Gulchehra II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlandi.
Mazkur orden Gulchehra Shovkatovnaning yosh avlod salomatligi, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi va intellektual rivoji yo‘lida ko‘rsatgan alohida xizmatlarini e’tirofidir. Rektor G.Rixsiyeva oliy ta’lim tizimida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talabalar orasida psixologik salomatlik, gender tengligi va ijtimoiy inklyuzivlik kabi dolzarb masalalarni ilgari surish orqali Barqaror rivojlanish maqsadi 3 – “Sog‘lom hayot va farovonlik” yo‘lida amaliy ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Bu mukofot nafaqat shaxsiy e’tirofdir, balki O‘zbekistonda sog‘lom jamiyatni barpo etish va ta’lim muassasalarida sog‘lom hayot tamoyillarini keng yoyish yo‘lidagi yuksak mas’uliyatli faoliyatga berilgan yuksak bahodir.
