Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Sifatli ta’limga yo‘naltirilgan loyiha darsi

2024-yil 4-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti G‘arb tillari kafedrasi o‘qituvchisi Fuzaylova Nargiza tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlari ichida muhim o‘rin tutuvchi 4-maqsad – “Sifatli ta’lim” mavzusiga bag‘ishlangan loyiha darsi o‘tkazildi.

Dars davomida talabalar global miqyosda ta’lim sifatini oshirish, inklyuziv va teng imkoniyatli ta’lim tizimini yaratish, shuningdek, hayot davomida ta’lim olish tamoyillari haqida qiziqarli mushohadalar olib bordilar. Dars interaktiv usullar asosida tashkil etilib, talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini taqdim etdilar.

Mazkur loyiha darsi nafaqat o‘quvchilarning BRMlar bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishga, balki ularning tanqidiy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qildi. Bu kabi darslar yosh avlodni barqaror jamiyat qurilishida faol ishtirok etishga undabgina qolmasdan ta’lim orqali ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashga yo‘naltirilgan muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

02.07.2025, 15:39 277