“Toza suv va sanitariya” yo‘nalishidagi loyiha
2024-yil 1–7-noyabr kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Eronshunoslik va Afg‘onshunoslik oliy maktabi katta o‘qituvchilari Sultanxo‘jayeva Saida va Muhammadrizo Asloniy rahbarligida 3-bosqich fors-ingliz hamda xitoy, yapon, koreys-ingliz (rus) guruhlari talabalari tomonidan BRM 6: “Toza suv va sanitariya” maqsadi doirasida loyiha tashkil etildi.
Loyiha doirasida talabalar suv resurslaridan oqilona foydalanish, uni tejash va toza ichimlik suvi muhimligini targ‘ib qilish maqsadida o‘z taqdimotlarini fors, rus, xitoy, yapon, koreys va ingliz tillarida tayyorlab, keng jamoatchilik e’tiboriga havola etdilar.
