Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘lida
2024-yil 28-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sport zalida universitetimiz talabalaridan iborat voleybol yigitlar jamoasi va Turin politexnika universiteti sportchi talabalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv shiddatli va sport ruhida kechib, universitetimiz jamoasi foydasiga 3:0 hisobida yakunlandi.
Mazkur o‘yin «Besh tashabbus ligasi» doirasida tashkil etildi va yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligi va ruhiy sog‘lomligini mustahkamlashga xizmat qildi. Shuningdek, bu kabi sport tadbirlari ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash, jamiyatga daxldorlik hissini oshirish hamda talabalarning umumiy farovonligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Bu tashabbus Barqaror rivojlanish maqsadlari 3 — sog‘lom hayotni ta’minlash va barcha uchun farovonlikni rag‘batlantirish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yoshlarning salomatligi va faol hayot tarzi orqali barqaror jamiyat sari muhim qadamdir.
