Ilm-fanda gender tengligini targ‘ib qilish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son farmoniga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida “Olima ayollar” ilmiy loyihalar tanlovlari o‘tkazib kelinmoqda.
Bu yilgi tanlovda TDSHU professori Sanobar Shadmanova “Sharq mamlakatlarida gender munosabatlari (Sharqning eng mashhur 100 ayoli) elektron platformasini yaratish” loyihasi bilan g‘olib bo‘ldi. Shu munosabati bilan, 2024-yil 4-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Olima ayollar” ilmiy loyihalar tanlovi taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda TDSHU rektori G.Rixsiyeva, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor D.Sayfullayev, “Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazi” rahbari N.Karimov hamda S.Shadmanova ishtirok etdilar.


