Ruhiy salomatlikni targ‘ib qilish
2024-yil 21-noyabr kuni “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Amaliy fanlar fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi tomonidan talabalar ishtirokida ruhiy salomatlik va psixologik farovonlik mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani A. Vaxidov ochib berdi.
Mazkur davra suhbatida Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Psixologiya fakulteti yetakchi mutaxassisi, “Matematik psixologiya” seminari rahbari, “Политическая психосемантика” ilmiy dasturi muallifi, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Mitina Olga Valentinovna “Психоматический метод анализа общественного сознания” mavzusida ilmiy ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalar va mutaxassislar o‘rtasida ruhiy salomatlikning jamiyatdagi o‘rni, zamonaviy psixologik uslublar va metodlar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv savol-javoblar, muhokamalar va ilmiy mulohazalarga boy bo‘ldi.
Mazkur tadbir sog‘liqni saqlash va farovonlik maqsadlari doirasida, xususan, ruhiy salomatlikni mustahkamlash hamda psixologik bilimlarni ommalashtirishga qaratilgan muhim tashabbus bo‘ldi.
