Talabalarga jinsiy va reproduktiv salomatlik, shu jumladan axborot va ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash
TDShUda Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 15-fevralda qabul qilingan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi qonunning 5-moddasiga binoan universitetda talabalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida jinsiy va reproduktiv salomatlik xizmat markazi tashkil etilgan bo’lib, mazkur xizmat yuzasidan talabalarga yetarlicha keng axborotlar, tavsiyalar berib borilmoqda. Talabalar yosh kategoriyalari bo‘yicha kechadigan jinsiy va reproduktiv o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar tushuntirib berilib, zarur axborot va choralar ko’riladi. Ushbu reproduktiv xizmat markazida barcha talaba yoshlar hamda ishchi xodimlar oʻzlarining reproduktiv salomatligi toʻgʻrisida ishonchli va toʻliq axborot olishlari, tibbiy-profilaktika xizmatlaridan foydalanishlari, reproduktiv salomatlik masalalari yuzasidan maxfiylikka rioya etilgan holda tibbiy maslahatlar va xizmatlar olishlari mumkin. Shu bilan bir qatorda, voyaga yetmagan shaxslarning reproduktiv salomatligini saqlash maqsadida tibbiy-profilaktika tadbirlarini, shu jumladan reproduktiv aʼzolar patologiyasini, shuningdek irsiy kasalliklarni aniqlashga qaratilgan tibbiy-profilaktika tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish, jinsiy tarbiya va ularni oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha tadbirlar oʻtkazish rejalashtirilgan bo’lib, ularni reproduktiv salomatlik masalalari boʻyicha oʻqitish va axborot berishni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, BRM doirasida universitetning professor-o‘qituvchilari hamda talabalarini har tomonlama himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Ona va bola xonasi tashkil qilingan bo’lib, u yerda barcha shart-sharoitlar yaratilgan, talabalar ham, xodimlar ham farzandlarini maxsus qarovchi enagalarga qoldirib darslarga qatnashishlari va faoliyatlarini olib borishlari mumkin. Bu kabi qulayliklar talabalarga o‘qishlarini qiyinchiliklarsiz davom ettirishlariga hamda xodimlarning faoliyatlarini to‘xtovsiz va samarali olib borishlariga yordam berishni kafolatlaydi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tarkibida universitet talabalari va xodimlarini sog’ligini saqlash va salomatligini ta’minlash maqsadida “Salomatlik markazi” tashkil etilgan. Markaz quyidagi faoliyatlarni amalga oshiradi:
- Aholi farovonligini ta’minlash maqsadida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va yil davomida amalga oshirish;
- Sentabr oyi davomida 1-kursga qabul qilingan talabalarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish;
- O‘tkazilgan tibbiy ko’rik natijalari haqidagi hisobotlarni tayyorlash va rahbariyatga taqdim qilish;
- Har kuni tibbiy maslahat uchun murojaat qilgan talabalar va professor-o‘qituvchilarning murojaatlari bilan ishlash;
- Talabalar va professor-o‘qituvchilarning talablariga binoan tibbiy dori vositalariga talabnomalar tayyorlash;
- Universitet bo‘ylab tibbiy va sanitar profilaktika ishlarini amalga oshirish;
- Tibbiy markazning tibbiyot xodimlarini malakasini muntazam ravishda oshirib borish;
- 1-tibbiy yordam uchun murojaat qilgan barcha xodimlarga tibbiy yordam ko‘rsatish;
- Talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida yuzaga kelgan turli xil kasalliklar bo‘yicha ro‘yxat tayyorlash va tegishli chora-tadbirlar ko‘rish;
- Nogironligi bo‘lgan va surunkali kasalligi bo‘lgan talabalar va professor-o‘qituvchilarga nisbatan alohida tibbiy ko‘riklar tashkil qilish;
- Respublika bo‘yicha umumiy tashkil qilingan tibbiy tadbirlarda faol qatnashish.
https://tsuos.uz/en/english-mother-and-child-center/
https://tsuos.uz/health-centre-of-tsuos/