Suv resurslaridan oqilona foydalanish – oziq-ovqat xavfsizligining garovi
2024-yil 20-noyabr kuni Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti Koreyashunoslik oliy maktabi dotsenti Yunusova Gulshoda tomonidan Filologiya va tillarni o‘qitish (koreys–ingliz yo‘nalishi) 2-kurs B guruhi talabalari ishtirokida “Oziq-ovqat” mavzusi doirasida “Suv manbasidan to‘g‘ri foydalanish” bo‘yicha ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur tadbir BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari – BRM 2: “Ochlikka barham berish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, suv resurslarining to‘g‘ri boshqarilishi barqaror qishloq xo‘jaligi va samarali oziq-ovqat ishlab chiqarishning ajralmas qismi ekani ta’kidlandi.
Dars davomida bugungi kunda dolzarb bo‘lgan suv tanqisligi, suvning qadri va uni tejash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Talabalar tomonidan “Suvni tejash” mavzusida ta’sirli videotaqdimot namoyish qilindi. Shuningdek, suv tanqisligiga qarshi kurashda inson omilining o‘rni, fuqarolik mas’uliyati va amaliy yechimlar haqida intervyu-suhbatlar taqdim etildi.
Bunday tashabbuslar orqali TDSHU talabalari nafaqat ekologik ongni rivojlantirishga, balki oziq-ovqat xavfsizligining muhim jihatlari — suv resurslarini muhofaza qilish orqali barqaror hayotni ta’minlashga ham hissa qo‘shmoqda.
