Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Arab dunyosi e’tirofi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU) professor-o‘qituvchisi Shorustam Shomusarov ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi yutuqlari, Iroq madaniyati va arab merosini o’rganishdagi muvaffaqiyatlari sababli va xalqaro hamkorlikdagi faolligi uchun Iroq tarixi jamiyati boshqaruv majlisining 2024-yil 27-aprel yig’inida jamiyatga faxriy a’zo sifatida qabul qilindi hamda sertifikat bilan taqdirlandi.

Mazkur sertifikat Iroq Respublikasining Tarixiy Jamiyati tomonidan rasmiy ravishda berilgan bo‘lib, unda TDSHU vakilining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo tarixiga oid ilmiy izlanishlari, madaniy merosni saqlash va targ‘ib qilishdagi xizmati e’tirof etilgan.

02.07.2025, 15:40 379