Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Dam olish maskanlarida madaniy hordiq olish

2023-yilda universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlaridan 56 nafari o‘zlari va oila a’zolarini sog‘liklarini tiklashlari va dam olishlari uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasi va ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan respublikamizning turli hududlaridagi sanatoriylar va dam olish maskanlariga yuborish uchun 136 663 000 so‘m miqdorida pul mablag‘lari sarflandi. Jamoa a’zolaridan nashriyot bo‘limi muharriri 2-guruh nogironi Durdona Tursunovaga Farg‘ona viloyatidagi “Chimyon” sanatoriyasiga bepul yo‘llanma ajratildi. Uzoq yillik samarali mehnatlari va oilaviy sharoiti yuzasidan 11-oktyabr O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Texnik foydalanish va xo‘jalik” bo‘limi xodimi farrosh Farida G‘ulomovaga universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi tavsiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston Ta’lim va Fan xodimlari, Kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan “Turon” sanatoriyasiga bepul yo‘llanma taqdim etildi.

photo_2024-07-03_15-02-35

03.07.2024, 15:03 60