Sayyohlik kompaniyasi vakillari TDSHUda
2023-yil 7-dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlari 8 doirasida Rocket Uzbekistan sayyohlik kompaniyasi Toshkent davlat shaqrshunoslik universitetining Xitoyshunoslik fakulteti 4-kurs talabalari uchun kasbga yo‘naltirishga qaratilgan trening seminarini o‘tkazdi. Mazkur trening O‘zbekistonda rivojlanib borayotgan yana bir soha turizmga qiziqadigan va o‘z kelajagini shu sohada ko‘radigan talabalar uchun foydali bo‘ldi. Seminar yakunida esa kompaniya vakillari va talabalar o‘zaro savol-javoblar orqali fikr almashdilar.