TDSHUda respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya
2022-yil 21-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashabbusi bilan “Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyani Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti prorektori tarix fanlari doktori, professor D.Sayfullayev ochib berdi. So‘nggi yillarda universitetda mazkur sohada amalga oshirilayotgash ishlar va istiqboldagi rejalar haqida so‘z yuritib, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda sharq va xorijiy tillarni o‘rgatish tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda ommalashtirish, sohani rivojlantirish uchun tizimli ishlarni tashkil etish, xorijiy tillarni o‘qitishdagi yangicha va innovatsion yondashuvlar, xorijiy tillarni o‘qitishni takomillashtirishning xuquqiy va taʼlimiy omillari, xorijiy tillarni o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish, xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy, taʼsirchan pedagogik-psixologik texnologiyalari, ilg‘or xorijiy tajriba va uning metodologiyasini o‘rganish jarayonini muhokama qilishdan iborat.
Sohaning yetuk va ilg‘or vakillari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur anjuman yuqori darajada tashkil etildi. Konferensiya materiallari to‘plam shaklida nashr ettirilib, unga tahririyat guruhi tomonidan saralab olingan 176 ta kiritdildi. Konferensiya doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrant va talabalar o`zlarining ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etdilar. Anjumanda xorijiy tillarni o‘qitishdagi yangicha yondashuvlar, uni takomillashtirishning xuquqiy va taʼlimiy omillari, pedagogik texnologiyalar va psixologik kompetensiyalar, ta`lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning asosiy pedagogik-psixologik shart-sharoitlari kabi masallar qizg‘in muhokama qilindi.