Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Saylov jarayonidagi yangiliklar bo‘yicha davra suhbati

2024-yil 5-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining talabalar turar joyida Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan «Parlamentga saylovlar: saylov jarayoniga kiritilgan o‘zgarishlar va yangiliklar» mavzusida talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda talabalar saylov tizimidagi so‘nggi islohotlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan choralar bilan tanishtirildi. Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ishtirok etib, demokratik jarayonlarda faol ishtirok etish, fuqarolik pozitsiyasini namoyon etish va qonuniy asosda ovoz berish kabi masalalarda muhim bilimlarga ega bo‘ldilar.

Ushbu tashabbus yoshlarning siyosiy ongini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish va fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlashga xizmat qildi. Shu bilan birga, universitetda sog‘lom demokratik muhitni shakllantirishga hissa qo‘shdi.

02.07.2025, 12:28 237