Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Ilmiy faoliyat kuchli institutlarni shakllantirish

2024-yil 21-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti Shahnoza Farxodova Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan «Bitiruvchi va talaba-yoshlar» loyihasida ishtirok etib, faxrli o‘rinni egalladi.

Loyiha doirasida o‘tkazilgan «Toshkent: kecha, bugun, ertaga» mavzusida ilmiy maqolalar tanlovida Shahnoza Farxodova o‘zining «Toshkent shahrida transport logistikasi (aeroportlar misolida)» mavzusida «Xizmat ko‘rsatish» yo‘nalishidagi ilmiy maqolasi bilan ishtirok etdi hamda III-darajali diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Ushbu tashabbus SDG 16 ga muvofiq, ilmiy va institutsional yaxlitlikni rag‘batlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim va tadqiqot orqali tinchlik, adolat va kuchli institutlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

26.06.2025, 10:14 325