Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Istanbul universitetida ilmiy konferensiya

2024-yilning 9-10-dekabr kunlari Turkiya Respublikasida xizmat safarida boʻlib qaytgan TDSHU professori f.f.d. P.Kenjayeva kunlari top-1000 OTMlardan biri – İstanbul universitetida tashkil etilgan “Şehriyar’ın Şiir Dünyası” mavzusidagi konferensiyada “Şehriyar ve Rauf Parfi Şiirlerinin Karşılaştırmalı Analizi” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Konferensiya davomida “Zamonaviy turkiy tillar va adabiyoti” kafedrasi magistrantlariga f.f.d., prof. P.Kenjayeva “20. Yüzyıl Özbek Öykücülüğünde Kendi Sesini Arayan Yazarlar”, tayanch doktorant Sh.Karimova “Sanatsal Piskolojizm ve Türk Öyküsü: Ferid Edgü Örneği” mavzularida turk tilida ma’ruzalar o‘qishdi.

Shuningdek, mazkur universitetning Adabiyot fakulteti dekani f.f.d., prof. Sevtap Kadioʻgʻlu bilan uchrashib kelajakda olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar yuzasidan suhbatlashildi.

31.07.2025, 16:09 313