Anqara va Istanbuldagi yetakchi universitetlar bilan ilmiy hamkorlik
2024-yilning 7-11-oktabr kunlari Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo‘lgan TDSHU professori Poshshajon Kenjayeva hamda dotsent Dilafruz Muhiddinova 1000 OTMdan biri –Anqara, Istanbul, Hajettepe, Gazi va Marmara universitetlariga tashrif buyurdilar. Shuningdek, tayanch doktorant Foziljon Rajabov tadqiqot mavzusi yuzasidan Marmara universiteti kutubxonasidan foydalandi.
Tashrif doirasida İstanbul universitetining «Turk tili va adabiyoti» kafedrasi talabalariga professor Poshshajon Kenjayeva «Özbek ve türk modern hikayesinin karşılaştırmalı analizi», dotsent Dilafruz Muhiddinova «Modern özbek kadın edebiyatı kurucusu olarak Saida Zunnunova» mavzularida ma‘ruza qilib, universitet kutubxonasi bilan tanishdilar.
Marmara universitetida ustozlar Poshshajon Kenjayeva «Abdulla Kahhar ve Orhan Kemal hikayelerinin karşılaştırmalı analizi» hamda Dilafruz Muhiddinova «Çağdaş özbek ve arap nesrinde küçürek öykü», Foziljon Rajabov «Nurullah Genç şiirlerinde tasaffuv» mavzularida ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
