Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

BRM 5: Gender tengligi mashg‘uloti

2024-yilning 6-noyabr sanasida “Gender equality” mavzusida  o‘qituvchi Barno Tadjibaeva 3-kurs Filologiya Koreys-Ingliz guruhi bilan amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi. Darsda BMTning 5-barqaror rivojlanish maqsadi gender tengligi muammosi yoritildi.

 Loyiha uch hafta davom etdi: birinchi haftada mavzu va guruh vazifalari tushuntirildi, ikkinchisida tadqiqot va muhokama ishlari olib borildi, uchinchi haftada taqdimotlar o‘tkazildi. Talabalar interaktiv slaydlar, maqolalar, video materiallar va posterlardan foydalandilar. Har bir guruh o‘z topilmalari asosida ingliz tilida taqdimotlar qildi. Talabalar global muammolarni chuqur tahlil qilib, ijodkorlik bilan yondashdi.

Loyiha natijasida talabalar gender tengsizligi oqibatlari va BRM haqida chuqur bilimga ega bo‘ldilar.

31.07.2025, 16:16 284