BRM boʻyicha erishilgan natijalar va muammolar
2023-yil 26-sentabr sanasida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan “Oʻzbekistonning barqaror rivojlanish milliy maqsadlari: BRMga yetish boʻyicha erishilgan natijalar va muammolar” mavzuida Xalqaro davra suhbati tashkil etildi. Tadbir BMTning Oʻzbekistondagi Taraqqiyot dasturi (BMTTD) koʻmagida oʻtkazildi.
Tadbirda 70 dan ziyod delegatlar, shu jumladan, nufuzli xalqaro tashkilotlar va hamkor davlatlarning ekspertlari ishtirok etdi. Ular orasida BMTTD, JSST, OPHI, XMT, YUNISEF, FAO va boshqa tashkilotlar vakillari bor edi. Suhbat davomida barqaror kelajak sari umumiy yo‘l va 2030-Kun tartibi, muammolar va ularni hal etish yo‘llarini muhokama qilindi.