TDSHUda BRM markazi tashkil etildi
2024-yil 8-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti tomonidan tashkil etilgan “Barqaror iqtisodiy rivojlanish markazi”ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Durbek Sayfullayev hamda markaz direktori Sulhiya Gaziyeva tomonidan markazning asosiy maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Unda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashabbuslar belgilab olindi:
- ilmiy loyihalarni amalga oshirish,
- amaliy ishlanma va innovatsion startap loyihalarni rivojlantirish,
- xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish,
- davra suhbatlari va mutaxassislar bilan uchrashuvlar tashkil etish,
- talabalar uchun ekskursiyalarni yo‘lga qo‘yish.
Mazkur markaz faoliyati nafaqat talabalarning ilmiy va amaliy salohiyatini rivojlantirish, balki ularni bozor iqtisodiyotiga mos raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa BRM 8 doirasida bandlik imkoniyatlarini kengaytirish va innovatsion iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy qadamdir.
