Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Professor-o‘qituvchilar uchun seminar

2024-yilning 20-noyabr kuni TDSHU Eronshunoslik va afg‘onshuoslik oliy maktabi katta o‘qituvchilari Aziza Nishanbayeva va Bexzod Djafarov TDSHU Sharq xaqlari tillari va adabiyoti instituti professor-o‘qituvchilari uchun BRM 4: “Ta’lim sifati” (SDG goal 4: “Quality education”) bo‘yicha “Sharq tillaridan CEFR talablari asosida test tuzish yo‘l-yo‘riqlari” seminarini tashkil etdilar.

Mazkur seminarning maqsadi talabalarning tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini CEFR talablari asosida tekshirishni samarali tashkil etishdir.

Seminar natijasida professor-o‘qituvchilar CEFR talablari asosida testlar shakli bilan tanishdilar, shuningdek, testning qaysi turi tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini tekshirishga mo‘ljallanganini va ularga nisbatan qo‘llanilish mohiyatini tahlil qildilar. Bundan tashqari, CEFR talablari asosida qiyinlik darajasini hisobga olib, sharq tillari bo‘yicha test tuzish yo‘llarini o‘rgandilar.

Seminar bahs-munozarali o‘tib, professor-o‘qituvchilar sharq tillarini o‘qitishda ta’lim sifatini oshirish va tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozish hamda gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularni tekshirish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.

02.07.2025, 16:39 302