Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Gender tengligiga mavzusida seminar

2024-yil 27-dekabr kuni qishki ta’til rejasi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Sharq xalqlari tillari va adabiyoti institutida “Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan gender siyosati va universitetimizda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar manfaatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar institut Xotin-qizlar kengashi raisi Shirin Zaynutdinova tomonidan olib borildi. Tadbirda institut xodimalari, talaba qizlar hamda faol ustozlar ishtirok etdilar.

Seminarda gender tengligi, ayollar salohiyatini ro‘yobga chiqarish va ularning ijtimoiy tashabbuslardagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

31.07.2025, 16:19 270