Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“BRM 5 – Gender tengligi” mavzusida seminar-trening

2024-yil 6-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Amaliy fanlar fakultetining 3-kurs “Filologiya: koreys–ingliz” yo‘nalishi talabalari ishtirokida ingliz tili fanidan “BRM 5 – Gender tengligi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

 Mashg‘ulot ingliz tili o‘qituvchisi Tajiboyeva Barno Baxadir qizi rahbarligida tashkil etildi. Loyiha ishining maqsadi talabalarni gender tengligi, xotin-qizlar huquqlari, erta nikohlar va zo‘ravonlik kabi global muammolar bilan tanishtirish va bu mavzuda ingliz tilida fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat edi. Uch haftalik loyiha davomida talabalar guruhlarga bo‘linib, tadqiqotlar olib bordi, ingliz tilidagi maqolalar va videolar bilan ishladi, posterlar va interaktiv taqdimotlar tayyorladi.

Ushbu seminar-treningda talabalar 100% ishtirok etib, mavzuni chuqur o‘zlashtirdi va dolzarb ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘z pozitsiyasini erkin ifodaladi. Loyiha natijalari universitet matbuot xizmatida e’lon qilindi.

31.07.2025, 16:21 297