TDSHUda sinxron tarjimonlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida sinxron tarjimonlik sohasi uchun dolzarb vazifalar belgilab berilgan. Mazkur hujjatlar ijrosini ta’minlashda sharq va g‘arb tillari chuqur o‘rgatiladigan, kompleks yondashuv asosida raqobatbardosh sharqshunos-mutaxassislar tayyorlanadigan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti zimmasiga ulkan mas’uliyat tushadi. Shu nuqtai nazardan, TDSHUda maxsus jihozlangan 2 ta sinxron va 2 ta lingafon xonada har bir sharq tili doirasida, har kurs kesimida belgilangan kun va vaqtda dars tashkil etiladi.
https://uza.uz/uz/posts/tarzhimon-mamlakatlarni-bir-biriga-boglovchi-rishta_539737