Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xodimlarni qo‘llab-quvvatlash

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida universitet xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha biq qancha chora-tadbirlar tizimli ravishda doimo amalga oshiriladi.

“Jamoa shartnomasi”ning “Mehnatga haq to‘lash: Kafolatli to‘lovlar va kompensatsiya to‘lovlari” yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  1. 61 – bandiga muvofiq Mehnat haqini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va qonunosti hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lash;
  2. 62 – bandiga muvofiq ish haqini to‘lash muddatlari:

Birinchi yarim oy uchun – oyning 18 sanasigacha;

Ikkinchi yarim oy uchun – keyingi oyning 5 sanasigacha  to‘lash.

Jamoa shartnomasining “Ijtimoiy sug‘urta. Ijtimoiy imtiyoz va kafolatlar” deb nomlangan 9-qismida belgilangan moddalarga muvofiq “Ish beruvchi” imtiyoz va kafolatlar bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan quyidagi majburiyatlarni bajarib kelmoqda:

  • Budjetdan tashqari tushgan va iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan kasaba uyushmasi a’zolarini imkon darajasida moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib turish;
  • Mehnat jamoasining extiyojmand a’zolari, nafaqadagi mexnat fahriylari va nogironlarga budjetdan tashqari tushgan mablag‘lar hisobidan moddiy yordam ko‘rsatishga ko‘prok e’tibor qaratish;
  • Universitetda uzoq muddat samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlarni, keksa ustozlarni mexnat nafaqasiga kuzatishda fakultet, kafedra, bo‘lim boshliqlarining tavsiyalari asosida moddiy rag‘batlantirish;
  • O‘qituvchi, xodim yoki ularning bolalarining nikox to‘ylari uchun univеrsitеtdagi mexnat stajiga binoan moddiy yordam ajratish;
  • Xodimlar (o‘zi yoki ota-onasi, eri-xotin, farzandlari) vafot etganidan so‘ng ma’rakalar o‘tkazishi uchun universitet moliyaviy ahvolidan kelib chiqqan holda moddiy yordam ajratish.

 

03.07.2024, 14:24 255